28-ölim: 59 yoşli erkak koronavirusdan vafot etdi

Toşkent şahrida yaşovçi 59 yoşli Ğ.B. joriy yil 2 iyul kuni öta oğir holatda poytaxtimizdagi I.Irgaşev nomli 4-son şahar klinik şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas beriş apparatiga ulangan.

Unga “Yurak işemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetişmovçiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” taşxisi qöyilgan.

Şuningdek, bemorda şu kuni koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan.

Bemor (erkak kişi) oxirgi 7 yil davomida yurak işemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetişmovçiligi taşxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Joriy yil 2 iyul kuni şifokorlar tomonidan standart asosida körsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor ötkir yurak-qon tomir va öpka yetişmovçiligidan vafot etdi.

×