Özbekistonda koronavirus sababli navbatdagi ölim holati qayd etildi. Bu mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor böldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi 64 yoşli S.H. şu yilning 7 iyun kuni Toşkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toşkent-Qarşi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yaşaş manziliga qaytgan. Oradan uç kun ötib, yaʼni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati kötarilgan va u uzoq vaqt uy şaroitida davolanib kelgan.
Bemor (erkak kişi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning oğir keçişi taşxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.
29 iyun kuni ahvoli oğirlaşganligi sababli şifokorga keç murojaat qilgaç, Ğuzor tuman tibbiyot birlaşmasi reanimatsiyaga bölimiga ikki tomonlama ötkir pnevmoniya oğir darajasi, yurak va nafas yetişmovçiligi va qandli diabet oğir keçişi taşxisi bilan yotqizilgan.
Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida körsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.









