Koronavirusning eng yoş qurboni, 12 kunlik çaqaloq seşanba kuni Falastinning Xevron şahrida hayotdan köz yumdi. Umumiy vafot etganlar soni 45 kişiga yetdi, deya xabar berdi mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi.
«12 kunlik gödak bugun Xevronning Yatta tumanida vafot etdi. U Falastinda koronavirusning eng yoş qurboniga aylandi», — deyiladi soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
«Falastinda jami 7441 kişi kasallikka çalingan bölib, ulardan 16 nafari hozir reanimatsiyada. Koronavirus taşxisi qöyilgan 45 kişi hayotdan köz yumdi», — deya taʼkidladi rasmiylar.









