Toşkent şahri Olmazor tumanida yaşovçi 67 yoşli L.M. (erkak kişi) joriy yil 26 iyundan tomoğida oğriq, tana harorati kötarilgan, ammo şifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.
1 iyul kuni esa yötali kuçayib, nafas siqişi belgilari paydo bölgaç, tez yordam çaqirgan va tez tibbiy yordam maşinasida Toşkent şahar 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib borilgan.
Şu kuni undan “COVID-19” infektsiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boşlangan. Bemorga ötkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetişmovçiligining 2-darajasi, yurak işemik kasalligi, gipertoniya kasalligi” taşxisi qöyilgan. Unda koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan.
Bemorning davolanişi davomida kunlik ahvoli şifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.









