Naşriyotlar qanday röyxatga olinadi?

Naşriyotlar qanday röyxatga olinadi?

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
22 iyundagi “Noşirlik va matbaa faoliyatini boşlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qiliş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi 401- sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Noşirlik faoliyatini boşlagani haqida xabardor qiliş tartibi töğrisida Nizom”ning 2-ilovasiga muvofiq xabardor qiliş tartibi quyidagiça:

1-bosqiç. Xabardor qiluvçi Noşirlik faoliyatini taşkil etiş va vakolatli davlat organini xabardor qiliş uçun Davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat qilişi yoki YAIDXPda röyxatdan ötiş.

2-bosqiç. Davlat xizmatlari markazi xodimi va xabardor qiluvçi vakolatli davlat organiga yuboriş uçun xabarnomani töldiradi va xabardor qiluvçi xabarnomani 10 daqiqa mobaynida tasdiqlaydi.

YAIDXP orqali röyxatdan ötgan holda, vakolatli davlat organini xabardor qiliş maqsadida avtomatik tarzda xabardor qiluvçi avtomatik tarzda xabarnomani töldiradi va tasdiqlaydi.

3-bosqiç. Davlat xizmatlari markazi xodimi vakolatli davlat organiga xabarnomani 10 daqiqada yuboradi.

Xabarnoma YAIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi

4-bosqiç. Vakolatli davlat organi xodimi xabarnomani olgan kuni xabarnomada körsatilgan maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritadi.

5-bosqiç. Vakolatli davlat organi xabardor qiluvçining xabarnomasi qabul qilinganligi töğrisida tasdiqnomani xabarnomani olgan kuni Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP markaziga yuboradi.

6-bosqiç. Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida tasdiqnomani xabardor qiluvçining elektron manziliga yuboradi va bu haqda xabardor qiluvçini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Tasdiqnomani avtomatik tarzda YAIDXP orqali elektron şaklda oladi.

Mazkur Nizomning 15-bandiga köra, Noşirlik faoliyatini boşlagani haqida vakolatli davlat organni xabardor qiliş uçun yiğim va davlat boji undirilmaydi.

Izoh:
YAIDXP - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Xabardor qiluvçi - Noşirlik faoliyatini boşlagan yuridik şaxs.

Vakolatli davlat organi - Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Namangan viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi

×