Masʼuliyat va javobgarlik bölsa, jinoyatçilikning oldi olinadi

Masʼuliyat va javobgarlik bölsa, jinoyatçilikning oldi olinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan şahridagi «Orzu” mahalla fuqarolar yiğinida “Obod va xavfsiz mahalla” kontseptsiyasi asosida amalga oşirilgan işlar bilan tanişdi.

“Orzu” - Namangan şahrining öz nomiga munosib, orzu-havas qilsa arzigulik namunali mahallasi. 2013 yilda taşkil topgan mazkur mahallada namunaviy loyihalar asosidagi 830 ta hamda yakka tartibdagi 1 ming 682 ta uy mavjud. Bu yerda qariyb 12 yarim ming aholi maişiy qulaylik va imkoniyatlardan bahramand holda hayot keçirmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017 yili viloyatga taşrifi çoğida bu yerda bölib, "Orzu" mahallasi misolida aholiga qulayliklar yaratiş va xavfsizligini taʼminlaş böyiça butun mamlakatga namuna böladigan tizim taqdimoti bilan tanişgan edi.

Bugun uşbu mahalla qiyofasida mamlakatimizda xalqimiz turmuş darajasi va madaniyatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari, yurtdoşlarimiz ongu tafakkurida yuz berayotgan ijobiy özgarişlar yaqqol ifodasini topgan. Hududda taşkil etilgan “Orzu” kiçik sanoat zonasida 15 ta loyiha işga tuşirilib, 930 dan ziyod iş örni yaratildi. Şundan qariyb 400 tasiga mahalla fuqarolari joylaşdi. Bitta boğça, 650 örinli maktab, dorixona, savdo va umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, fitnes klubi, mini-futbol maydoni barpo etildi. Ötgan yili davlat xizmatçilari uçun 20 ta xizmat uyi qurib berildi.

Davlatimiz rahbarining mahallaga bu galgi taşrifi yana bir xayrli taşabbusning boşlanişiga turtki berdi. Bu yerda xavfsiz mahalla va Namanganda “aqlli şahar” loyihasini hayotga tatbiq etişga kirişildi.

Prezidentimiz mamlakatimizda yangilik bölgan loyiha - Namangan şahrining ijtimoiy-iqtisodiy geoaxborot monitoring va raqamli boşqaruv tizimi bilan tanişar ekan, eng katta masala jinoyatçilikni kamaytirişga erişiş ekanini taʼkidladi.

Yangi tizimning maqsadi şahardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni uzluksiz örganib boriş, kundalik nazorat qiliş, muammoli holatlarni dasturdagi tahliliy maʼlumotlar asosida tezkor bartaraf etiş, qaror qabul qilişda yuqori samara beruvçi yangi innovatsion onlayn boşqaruv usuliga ötişdan iborat.

Mazkur tizimda barça körsatkiçlar geoxarita orqali monitorda aks etadi. Jumladan, aholi soni, yolğiz keksalar, taʼlim muassasalari, mehnat bozori, investitsiyaviy loyihalar, kambağal oilalar, kriminogen muhit kabi maʼlumotlar uzluksiz kiritib boriladi.

Tajriba sifatida işga tuşirilgan bu tizim keyinçalik barça sohalardagi elektron bazalarga ulanadi. Natijada şahardagi ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarni onlayn kuzatiş, vaziyatni xolis baholaş, muammolarni nazoratga oliş va kerakli çora-tadbirlar köriş mumkin böladi. Bu esa aholining osoyiştaligi va xavfsizligini taʼminlaşda muhim samara beradi.

Davlatimiz rahbari viloyatdagi yoşlar va jinoyatga moyil qatlamni sektorlar tomonidan nazoratga oliş va şu orqali jinoyatçilikni jilovlaş böyiça hali tizimli işlar qilinmayotganiga eʼtibor qaratdi. Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Boş prokuratura mutasaddilariga mahallalarda tinçlikni taʼminlaşga tösqinliq qilayotgan omillarni örganiş, sektorlar işlaşi uçun qonunçilikka tegişli meʼyorlarni kiritiş yuzasidan topşiriqlar berildi.

- Viloyatdagi sektorlar rahbarlari endi jinoyatçilikka qarşi kuraşda natija böyiça javob beradi. Jinoyat qança kamaydi, qaysi adaşganni töğri yölga qaytardi degan savollarga javob topiş uçun mana şu tizimga ötayapmiz. Ham iqtisodiyotni, ham jinoyatçilikni, ham tinçlikni, ham adolatni joyiga qöysak, xalqimiz uçun munosib şaroit yaratgan bölamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Aholi bilan işlaş uçun psixolog kadrlar tayyorlaşni kengaytiriş, jinoyat sodir etilişiga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar belgilandi.

Namanganda jinoyatçilikning oldini oliş yuzasidan viloyat sektorlari rahbarlarining axborotlari tinglandi.

×