Joriy yilning 29 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni doimiy yaşaş va turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibining takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagi hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
• Özbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yaşaş joyi va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisida nizom (VMning 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan);
• Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisida nizom (VMning 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan).
Özbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yaşaş joyi va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisida nizom (VMning 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan) yangi tahrirda bayon etildi. Unga köra:
birinçidan, fuqarolar pasportlari bilan bir qatorda ID-kartalarni ham taqdim etişlari mumkin;
ikkinçidan, fuqarolar yangi yaşaş joyiga kelgan kundan eʼtiboran ön beş kun içida röyxatdan ötişlari şart. Avvalgi tahrirda fuqarolar röyxatdan ötiş uçun hujjatlarni 10 kun içida taqdim etişlari şart edi;
uçinçidan, tuğilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari (keyingi örinlarda - FHDYO) tomonidan unga tuğilganlik töğrisidagi guvohnomani rasmiylaştiriş çoğida otasi yoki onasining doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan manziliga idoralararo elektron xamkorlik orqali maʼlumotlarni kiritiş yöli bilan doimiy röyxatga olinadi;
törtinçidan, uy-joy kodeksida belgilangan bir kişi uçun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi töğrisidagi qoidalar qöllanilmaydigan fuqarolar röyxati belgilandi;
beşinçidan, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olişni bekor qiliş huquqiga ega bölgan holatlar röyxati kengaytirildi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:
• sudning fuqaroni uy-joydan foydalaniş huquqini yöqotgan, şaxsni bedarak yöqolgan deb topiş va köçiriş haqidagi qarori asosida;
• fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yaşaşga ketganda;
• umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda - sudning qonuniy kuçga kirgan ayblov hukmi asosida;
• vafot etganda - FXDYO organining ölim haqidagi guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi asosida.
Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizomga (VMning 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan) qöşimça kiritildi. Unga köra, fuqaro xorijga doimiy yaşaşga ketayotganda, fuqarodan qöşimça ravişda Özbekiston Respublikasi hududida doimiy yaşaydigan öz ota-onasining va turmuş örtoğining (birgalikda çiqiş holatlari bundan mustasno), şuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bölsa, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaydigan sobiq turmuş örtoğining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yöqolgan hollarda esa – vafot etganlik töğrisidagi guvohnomaning yoki sudning şaxsni bedarak yöqolgan deb eʼtirof etiş haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Boşqa özgartiriş va qöşimçalar ham kiritildi.









