Mehmonxonaga joylaşgan har bir kişi “Ye-mehmon” tizimida röyxatga olinadi - yangi tartib

Mehmonxonaga joylaşgan har bir kişi “Ye-mehmon” tizimida röyxatga olinadi - yangi tartib

Özbekistonning barça hududlaridagi mehmonxonalar, davolaş muassasalari, sanatoriylar, dam oliş uylari va şu kabi boşqa muassasalarga kelgan Özbekiston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan kişilar “E-Mehmon” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritiş orqali hisobga olinadi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli “Özbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklaş va rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy va xorijlik fuqarolarning respublika böylab harakatlanişini monitoring qiliş tizimini takomillaştiriş, olingan maʼlumotlar asosida istiqbolli rejalar işlab çiqiş va samarali amalga oşiriş maqsadida mavjud tartiblarga tegişli özgartirişlar kiritilgan. 

Bundan buyon joylaştiriş vositalari xizmatlaridan foydalangan barça şaxslar, jumladan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar mehmonxonalar, davolaş muassasalari, sanatoriylar, dam oliş uylariga va şunga kabi boşqa muassasalarga borganda şu muassasalar maʼmuriyati tomonidan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritiş orqali hisobga olinişi kerak. 

Hisobga oliş avvalgidek 12 soat mobaynida emas, balki ular kelib joylaşgan vaqtda, ularning bu yerda böliş muddati va kelişining davriyligidan qatʼi nazar amalga oşiriladi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi joylaştiriş xizmatini körsatuvçi mehmonxonalar, davolaş muassasalari, sanatoriylar, dam oliş uylari va şu kabi boşqa taşkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qatʼiy rioya qilişlari söramoqda. 

Taʼkidlanişiça, mazkur tartiblarning joriy qilinişi mahalliy va xorijiy sayyohlarning soğliği va mulki xavfsizligini taʼminlaş,  qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, kafolatgan xizmatlar körsatilişini taʼminlaşga qaratilgan. 

×