Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev işdan olinadi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, 26 avgust kuni Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirokida ötkaziladigan yiğilişda Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilinadi va şaharning yangi hokimi taniştiriladi.
Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
U 2017 yilning kuzida Andijon şahridagi qator taʼlim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda maşhur bölgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida boş vazir iştirokida ötkazilgan videoselektorda şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, byudjet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça taʼlim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagani uçun hayfsan olgan, boş vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini maʼlum qilgandi.









