Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentda sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgani töğrisida xabar berdi. Bu Özbekistonda koronavirusdan vafot etgan 17-bemor böldi.
Şu yilning 27 may kuni poytaxtlik Ş. avtohalokatga uçrab, tez tibbiy yordam maşinasida boş miya yopiq jarohati dastlabki taşxisi bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.
Öşa paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari köringanligi sababli tahlil olinadi. Ötkazilgan tekşiruv natijasida 70 yoşli (erkak) bemorda “Covid-19” infektsiyasi tasdiqlanadi.
Şundan söng unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.
U avvaldan boş miya ösmasi, yurak işemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetişmovçiligi taşxisi bilan davolanib kelgan.
Bemorning ötgan davolaniş vaqti davomida vazirlikning turli soha yönalişlari böyiça boş mutaxassislarining xalqaro standartlar böyiça bergan tavsiyalari asosida şifokorlar barça kerakli tibbiy muolajalarni amalga oşirişgan. Bundan taşqari, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham ötkazilib, doimiy nazoratga olingan.
Biroq sönggi kunlarda bemorda nafas yetişmovçiligini kuçayişi natijasida ahvoli keskin yomonlaşgan va sunʼiy nafas oliş apparatiga olingan. Standartlar asosida körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya şişi, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.









