Özbekistonda 11 yaşar bola koronavirusdan vafot etdi

Özbekistonda 11 yaşar bola koronavirusdan vafot etdi

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi ilk bor koronavirus infektsiyasidan bolalar orasida qayd etilgan ölim holati haqida maʼlumot berdi. Infektsiyaning navbatdagi qurboni 11 yoşda bölgan.

17 sentyabr soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni yana 134 nafarga ortib, 49 761 nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlari: 

-115 nafari Toşkent viloyatida;

19 nafari Toşkent şahrida tana harorati kötarilganligi hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şu bilan birga, Angren şahrida yaşagan 44 yoşli X.T. (erkak) hamda Böstonliq tumanida yaşagan 11 yoşli M.U. (öğil bola), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toşkent şahrida 426 nafar, Toşkent viloyatida 109 nafar, 
Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farğona viloyatida 5 nafar, Qaşqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar,
Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda 
Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Şunday qilib mamlakatda 46 092 (+618) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (93 foiz) soğaygan.

Hozirda 3 254 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

Eslatib ötamiz, bundan avval Navoiy viloyatida 14 yaşar bola ham koronavirusdan vafot etgandi. Ammo bu haqda vazirlik rasmiy maʼlumot bermagandi.

×