Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. U koronavirusga çalingandi

Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. U koronavirusga çalingandi

UFC’ning yengil vazndagi çempioni Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. Bu haqida Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining Telegram’dagi kanalida xabar berdi.

Foto: «Çempionat»

Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan koma holatidan öziga kelmadi va 57 yoşida dunyodan köz yumdi.

«Qayğuli xabar mengaça yetib keldi. Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyodan köz yumdi.

Butun çeçen xalqi nomidan Abdulmanap Magomedoviç oilasiga hamdardlik bildiraman», — deya yozadi Qodirov.

Eslatib ötamiz, aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya taşxisi qöyilgandi, murabbiy koronavirusga tahlil topşirişdan boş tortgan. Keyinroq uning koronavirusga çalingani maʼlum bölgandi. May oyida uning holati yomonlaşgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. 13 mayda mutaxassis koma holatiga tuşib qolgani xabar qilindi, Oradan maʼlum muddat ötgaç, Habib otasining hali ham öziga kelmaganligini aytgandi.

×