Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida yiğlagani uçun otasi oğziga paypoq tiqib qöygan 5 oylik çaqaloq vafot etdi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, holat 10 yanvar kuni sodir bölgan. Bola yiğlayotgani sababli ota uning oğziga paypoq tiqqan. Oqibatda u nafas yetişmovçiligi sabab kökara boşlagan. Şundan söng onasi çaqaloqni zudlik bilan şifoxonaga olib borgan.“10 yanvar kuni soat 00:00 atrofida bir bemor öta oğir ahvolda, klinik ölim holatida olib kelindi. Yurak va nafas olişi töxtagandi, öpka-yurak reanimatsiyasini ötkazdik, söng yuragi tiklandi. Bemorni tört kun davomida bolalar reanimatsiyasi bölimida standart asosida davoladik. Kerakli mutaxassislar kördi. Şunga qaramasdan, 14 yanvar kuni soat 22:00 atrofida bolada biologik ölim holati kuzatildi”, degan şifokor.
Mahalla vakillarining maʼlum qilişiça, bu erkakning ikkinçi oilasi (ikki öğil) bölgan. Avvalgi oilasida ham u farzandlariga (bir qiz, bir öğil) doimiy ravişda tazyiq ötkazib kelgan. Mahalla yettiligi erkak bilan köp marotaba profilaktik suhbatlar ötkazgan va nazoratda bölgan.
Navoiy viloyati IIBga köra, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









