Moliya vaziri örinbosari vafot etdi. U koronavirusga çalingandi

Moliya vaziri örinbosari vafot etdi. U koronavirusga çalingandi

Özbekiston Moliya vaziri örinbosari lavozimini egallab kelgan Yorqin Tursunov 29 iyul kuni vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

«Kun.uz» naşrining vazirlikdagi manbalariga tayanib maʼlum qilişiça, 55 yoşli Yorqin Tursunov koronavirus infektsiyasini yuqtirib olişi oqibatida olamdan ötgan.

«20 yildan ortiq vaqt mobaynida Yorqin Tursunov Moliya vazirligi tizimida işlagan, u yerda har doim özining mehnatsevarligi, har bir işga yuqori masʼuliyat va puxtalik bilan yondaşişi, har kimni tuşuniş qobiliyati bilan ajralib turar edi.

Yorqin Ergaşeviç doimo mavjud bölgan barça kamçiliklarni örganişga harakat qilar edi, har doim insonlar bilan muloqotga oçiq edi. Uning butun faoliyati hududlar va butun mamlakatni rivojlantiriş uçun xizmatga bağişlandi. Hududlar bilan işlaş mobaynida respublikaning taşrif etmagan yagona mintaqa, tuman qolmadi», — deyiladi xabarda.

Moliya vazirligi Yorqin Tursunovning oila aʼzolariga taʼziya bildirgan.

Maʼlumot uçun, Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirçi tumanida tuğilgan. 1990 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyaçi. 2006—2012 va 2016—2018 yillarda Moliya vaziri örinbosari, 2012—2016 yillarda Içki işlar vazirining örinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy taʼminot xizmati boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Moliya vaziri örinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimini egallagan. Hududlarni kompleks rivojlantiriş dasturlari, ularni moliyalaştiriş böyiça samarali faoliyat olib borgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi hozirça Yorqin Tursunovning COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etganini tasdiqlaganiça yöq.

Davlat xizmatlari agentligi 15 iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoşli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18 iyul kuni 32 yoşli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq şahri hokimligi 9 va 15 iyul kunlari şahar şifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

Şuningdek, 22 iyulda Boş prokurorning sobiq örinbosari, Qoraqalpoğiston prokuraturasida bölim boşliği bölib işlayotgan 66 yoşli Hakimbay Xalimov, Çilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoşli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq uşbu olti holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgaça axborot berilmagan.

Bundan taşqari, taniqli rejissyor Sarvar Karimov ham 17 iyul kuni otasi koronavirus infektsiyasidan vafot etgani, ammo unga taşxis qöyilmaganini maʼlum qilgandi. Rejissyorning özi va uning boşqa oila aʼzolarida koronavirus tasdiqlangan.

26 iyul kuni boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov 24 iyul kuni Samarqanddagi Ipak yöli xalqaro turizm universitetining 33 yoşli magistranti Ötkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Maʼlum bölişiça, marhum özida COVID-19’ning barça belgilari bölsa-da, test ham topşira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan.

×