Yengil vaznda UFC çempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz tvitterda Habibning yana jangga qaytişiga işora qilib ötdi.
"30-0", - deb yozdi tvitterda Ali Abdulaziz. Maʼlumki, Habib Jastin Geytjini mağlubiyatga uçratib, ğalabalar sonini 29taga yetkazib olgan. Çempionning faoliyatida birorta ham mağlubiyat yöq. Ammo Habib Geytjiga qarşi jangdan keyin faoliyatini tugatganini yeʼlon qilgandi.
Köpçilik, Nurmagomedov yana jangga qaytib, körsatkiçlarini 30-0 qilişiga umid bildirmoqda. Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Habib qaytişi va UFCdagi 30-ğalabasini qölga kiritişi mumkinligini maʼlum qilgandi.
Voqealar qanday rivojlanişini vaqt körsatadi.









