Qaşqadaryoda 50 ming söm tufayli yuz bergan janjal odam ölimi bilan yakunlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
2020 yil 16 iyun kuni taxminan soat 10:20da Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumani “Iftixor” köçasida joylaşgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi dökoni xodimi, fuqaro A.L. 2020 yil 27 aprel kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini 1 mln. 600 ming sömga sotib olib, şundan tölanmay qolgan 250.000 söm qarzini beriş maqsadida dökonga kelgan E.S.dan 300.000 söm berişini talab qilib, u bilan özaro janjallaşgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, A.L. dökon taşqarisiga çiqib, E.S.ning yuzi va boş qismiga muşti bilan bir neça marotaba urişi natijasida u yerga boş qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, E.S. boş miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining çiziqli sinişi va boşqa körinişdagi hayot uçun xavfli bölgan “oğir” tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qamaşi tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan A.L.,ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan.
Eslatilişiça, mazkur jinoyatni sodir etgan şaxs 8-10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.









