Endi Özbekistonda 621 ming söm topgan odam kambağal emas

Endi Özbekistonda 621 ming söm topgan odam kambağal emas

Özbekistonda 2024 yil uçun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kişi boşiga 1 oyga 621 ming söm deb belgilandi. Bu haqda Statistika agentligining maʼlumotnomasida aytib ötilgan. 

Gap şundaki, hukumatning 2021 yil 27 avgustdagi 544-son qarori bilan Özbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati hisoblab kelinadi. Joriy 2024 yil uçun esa hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlarining qiymati bir oyda kişi boşiga 621 ming söm deb belgilandi. 

Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 9,3 foizga yuqori. 2023 yil iyul oyida bu miqdor 498 ming sömdan 568 ming sömgaça oşirilgandi. Şuningdek, körsatkiç 2022 yil yanvaridan boşlab esa 498 ming, 2021 yilda esa 440 ming sömni taşkil etgan. 

Bildirilişiça, minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib çiqib hisoblangan kambağallik çegarasidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

• davlatning moddiy va boşqa ijtimoiy kömaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlaş;

• mamlakatning kambağallik çegarasini belgilaşda foydalaniş va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga oliş;

• kambağallikka qarşi kuraşiş strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va çora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oşiriş, şuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritiş;

• pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilaş, şuningdek, kambağal oilalarga beriladigan boşqa turdagi moddiy kömaklarni körsatişda mezon sifatida.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2023 yil 18 iyul holatiga köra, hisoblangan kambağallik çegarasi – minimal isteʼmol xarajatlari bir oyda bir kişiga 568 ming söm etib belgilangandi.


×