2021 yil 29 may kuni soat 23:30 larda, Töraqörğon tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan fuqaro Töraqörğon tumani hududida, Töraqörğon tumanida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan fuqaro bilan özaro janjallaşib, «Nega sen meni onamdan sökyapsan»-deb, boş qismiga boşi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, fuqaro tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 14 iyun kungi dastlabki maʼlumotnomasida fuqaroning boş miya yopiq şikasti, boş miya oğir darajali lat yeyişi, çap çakka suyagini asosga ötib sinişi, boş miya çap yarim şarlarida qon quyilişi, çap tepa peşona bölaklarini gemorragik tipda lat yeyişi kabi tan jarohatlari borligi, oğirlik darajasiga köra hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati guruhiga kirişi körsatilgan.
Uşbu holat böyiça Töraqörğon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 iyun kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









