Joriy yilning 22 noyabr kuni soat 16:00 da Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida yuz bergan janjal oqibatida öğlini himoya qilişga uringan ota halok böldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Husniddin R. Koson tumani “Paxtazor” MFYda joylaşgan oziq-ovqat mahsulotlari bozorçasi yonida, fuqaro 24 yoşli Mirolim B.ni körib qolib, örtalarida bölgan özaro adovat sababli, unga qasddan tan jarohati yetkazib, undan qasd oliş maqsadida uşbu janjalga akalari 22 yoşli Ruxiddin R., Ozodbek R. va boşqalarni jalb qilgan.
Bundan xabar topgan, Mirolim B. özining yaqin qarindoşlarini yordamga çaqirgan. Unga biron-bir ziyon yetmasligi uçun hodisa joyiga uning otasi 57 yoşli Maxmud M., akasi 27 yoşli Mirjalol B. va poççasi 35 yoşli Jamşid M. hodisa joyiga yetib kelib, janjalning oldini olişga uringan.
Husniddin R., Ruxiddin R., Ozodbek R. va boşqalar bir guruh bölib, sovuq qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan aşyolarni işlatib, öz fuqarolik burçini bajarib, yaqin qarindoşi bölgan Mirolim B.ni himoya qilib, janjalni oldini olmoqçi bölgan fuqaro Maxmud M., şuningdek uning öğillari Mirjalol B., Mirolim B., va Jamşid M.ning turli joylariga qasddan urib, turli darajada tan jarohatlar yetkazişgan.
Oqibatda Maxmud M., Mirjalol B., Mirolim B. va Jamşid M. turli darajadagi tan jarohatlari bilan Koson tumani tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, 8 dekabr kuni Husniddin R., Ozodbek R. va Ruxiddin R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b,k,l” bandlari bilan ayblov eʼlon qilinib, Husniddin R., Ozodbek R.ga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi, fuqaro Ruxiddin R.ga nisbatan esa “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Şifoxonada körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro Maxmud M. olgan tan jarohati tufayli joriy yilning 11 dekabr kuni şifoxonada vafot etgan.
Jinoyat işi esa JKning 104-moddasi 2-qismi “b,k,l” bandlaridan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda.









