Londonga uçayotgan samolyot yölovçi ayolning ölimi tufayli Toşkentga favqulodda qöndi

Londonga uçayotgan samolyot yölovçi ayolning ölimi tufayli Toşkentga favqulodda qöndi

British Airways’ning Islomoboddan Londonga uçayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 22 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi. Bu haqda Telegram’dagi «Novosti Taşkentskogo neba» kanali xabar berdi.

«Buyuk Britaniyaning Islomobod—London yönalişi böyiça uçayotgan VA-260 reysi ekipaji parvoz vaqtida Toşkentdagi zahira aeroportga qöniş haqida qaror qabul qildi», — deyiladi xabarda.

AviaSpotter’ning soat 08:30 da eʼlon qilgan maʼlumotiga köra, uşbu reysdagi 83 yoşli yölovçi ayol özini yomon his qilgan. Samolyot Toşkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barça yölovçilar samolyotdan tuşirilib, Toşkent aeroporti hududiga joylaştirilgan.

«RIA Novosti»ning yozişiça, bu xabarni Toşkent aeroporti xodimi tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, ayolning ölimiga dastlabki sabab — yurak urişining töxtaşi bölgan. U marhumaning qaysi davlat fuqarosi ekanligini ayta olmagan.

×