Toşkent viloyatidagi Karantin markazida fuqaro öz joniga qasd qildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manba «Daryo»ga maʼlum qildi.
Maʼlum bölişiça, 20 iyun kuni soat taxminan 4:00-5:00 oraliğida 42 yoşli, asli Farğona viloyatidan bölgan fuqaro karantinga olingan fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş konteyneri içida özini osib qöygan.
U koronavirusga tahlil topşirgan bölgan, biroq tahlil natijalari hali çiqmagan. Fuqaro aynan qaçon, qayerdan kelgani, Örtasaroydagi karantin markaziga joylaştirilgani hozirça maʼlum emas.
Fuqaro nima sababdan öz joniga qasd qilgani ham nomaʼlum. Qayd etişlariça, hozirda vakolatli organlar tomonidan holat yuzasidan tergovoldi tekşiruv olib borilmoqda.









