Qaşqadaryoda 33 yoşli mansabdor özini osib qöydi, u avval DXXda işlagan

Qaşqadaryoda 33 yoşli mansabdor özini osib qöydi, u avval DXXda işlagan

Qarşi şahar xalq taʼlimi bölimi masʼuli, bölimning xodimlar böyiça mansabdori F.R. öz joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Naşr muxbiri bilan suhbatlaşgan şahar XTB mudiri Nargiza Samadova uşbu xabarni tasdiqlab, voqea 26 dekabr, şanba kuni sodir bölganini aytdi.

“Menga ham Paxtazor tumanining profilaktika inspektori qönğiroq qilib, voqea haqida xabar berdi. Lekin voqea aynan qaçon sodir bölganini bilmayman”, dedi Nargiza Samadova.

Şahar XTB mudiri Nargiza Samadovaning maʼlumot berişiça, voqea xodimning yangi sotib olgan, ammo bitmay qolgan “dom”ida sodir bölgan.

“Eşon şahit” tomondan qurilişi bitmay qolgan uylardan xarid qilgan ekan. Aynan öşa yerda özini osib qöygan”, deydi masʼul voqea haqida bilganini aytar ekan.

XTB mudirining maʼlumot berişiça, marhum ölimidan avval ikki kunga işdan ruxsat söragan.

“Birinçi kuni otamning tobi yöq şifoxonaga olib boraman deb ruxsat söragandi. Ikkinçi kuni esa taʼziya çiqib qolganini aytib, bormasa bölmasligini bildirdi. Şuning uçun ruxsat bergandim”, deydi XTB mudiri.

Taʼkidlanişiça, bölimning 33 yoşli xodimi şahar XTBda 2020 yil 11 martdan buyon faoliyat yuritib kelgan. XTBga işga tayinlanişidan avval esa DXXda faoliyat yuritgan.

×