Yuqoriçirçiq tumanidagi “Örtasaroy” karantin markazida 42 yoşli fuqaro öz joniga qasd qilganligi holati yuzasidan joriy yilning 21 iyun kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar örganildi.
Aniqlanişiça, Farğona viloyatida yaşagan fuqaro S.S. 20.06.2020 yilda “Örtasaroy” karantin markazida özi yotgan xonaga örnatilgan konditsionerning taşqi tomondagi parragiga çoyşab bilan nomaʼlum sabablarga köra özini osganligi oqibatida vafot etgan.
Iş hujjatlariga köra, S.S. 15.06.2020 yil kuni Özbekiston havo yöllari tomonidan taşkil qilingan çarter reys orqali “Moskva-Toşkent” yönalişida Özbekiston Respublikasiga kelgan va “Covid-19” koronavirusiga çalingan yoki çalinmaganligini aniqlaş maqsadida Yuqoriçirçiq tumanidagi “Örtasaroy” karantin markaziga joylaştirilgan va undan koronavirusga surtma olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuşuntiriş bergan A.E. joriy yilning 15 iyun kuni çarter reys orqali “Moskva-Toşkent” yönalişida Özbekistonga kelganligi va “Örtasaroy” karantin markaziga olib kelinganligini, şu kunning özida 1 ta xonaga tört kişi bölib kirişganligini, ularning biri yaʼni S.S. özini yomon tutib kasallikka çalinganligini aytib ular bilan turişni xohlamaganligini, yarim soatlarça xonaning hovlisida ötirganligini, şundan söng şifokorlar kelib u bilan suhbatlaşib, uni alohida xonaga joylaştirganligini bayon qilgan.
Şuningdek, “Örtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toşkent şahar Olmazor tuman köp tarmoqli markaziy poliklinika şifokori Ş.M. ning holat yuzasidan bergan tuşuntirişida fuqaro S.S. karantin hududiga joylaştirilgan kundan boşlab özini agressiv tuta boşlaganligini, ovqat yeyişni xohlamaganligini, virusga çalinganligini aytib u bilan birga joylaştirilgan şaxslarga kasalligini yuqtirişi mumkinligini va ular bilan birga turişni xohlamagan holda boşqa konteynerga joylaştirişlarini talab qilganligini, şundan söng blokda tinçlik saqlaş maqsadida S.S. boşqa xonaga ötkazilganligini, 16 iyun S.S. psixiatr körigidan ötganligini bayon qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqoriçirçiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yöllanma natijasiga köra S.S.da “Covid-19” koronavirusi aniqlanmagan.
Manba: Boş prokuratura
jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi









