Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylaşgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini ötayotgan mahkum öz joniga qasd qildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, Şarof Raşidov tumani “Qahramon” MFYdagi MÇJda şartnoma asosida mehnat qilayotgan mahkum öz iş joyini taşlab ketgan. U şu kuni soat 22:00 larda özi yaşagan Baxmal tumani Qir qişloğiga borib, qöşinisining öng qöl kafti va qorin qismiga oşxona piçoği bilan bir neça marta jaroxat yetkazib, voqea joyidan qoçib ketgan.
Jabrlanuvçi qorin böşliğiga ötkir tiğli jism bilan sançilib kirgan jarohati taşxisi bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Mazkur jinoyatni sodir etgan şaxsning jasadi 18 noyabr kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani hududidagi “Çorşanba” dexqon bozoridan topilgan. U bozor hududidagi savdo dökoni ayvoniga özini osgani xabar qilinmoqda.









