Marhum mast holatda bölganligi uçun profilaktika inspektori tomonidan huşyorxonaga topşirilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Çortoq içki işlaridan yana bir fuqaroning öligi çiqdi” sarlavhasi ostida xabar tarqalib, muhokamalarga sabab bölgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örganiş işlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00 atrofida marhumning turmuş örtoği erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Çortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.
Profilaktika inspektori murojaatni örganib, marhumni huşyorlantiriş maqsadida Yangiqörğon tumanida joylaşgan markaziy şifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegişli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylaştirgan holda marhumni soat 21:58 da huşyorxonaga topşirgan.
Marhum I.U. bugun, 8 aprel kuniga ötar keçasi soat 00:45 atrofida uşbu huşyorxonaning darçasidagi temir panjarasiga çoyşabdan sirtmoq yasab, özini özi böyin sohasidan osib, öz joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.
"Sud-tibbiy ekspertizaning maʼlumotnomasiga köra, U.I.ning ölimi “böyin sohasining siqilişidan kelib çiqadigan mexanik asfiktsiya, ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligi” oqibatida sodir bölgan. Uning tanasida “böyin qismidagi strongulatsion egat”dan boşqa tan jarohatlari aniqlanmagan",- deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









