MIB vazifasini uddalolmagani uçun yakunladimi? Byuro izoh berdi

MIB vazifasini uddalolmagani uçun yakunladimi? Byuro izoh berdi

Mana, joriy yilning 18 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz sotiş mexanizmini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-6010-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi gaz va elektr uçun tölovlarni qabul qiliş vazifa va funktsiyalari Energetika vazirligi zimmasiga ötişi, ixtisoslaştirilgan taşkilotlar tomonidan körsatilgan qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari uçun majburiy tölovlarni undiriş mexanizmini amal oşirilişi nazarda tutilmoqda.

Bu jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarimizda turli fikr va munozaralarga sabab böldi.

Aslida, biz 3 yil oldingi tarixga nazarga solamiz.

Esingizda bölsa, bundan 3-4 yil avval ham kommunal xizmatlarning har bir turi uçun alohida-alohida idoralarga pul tölardik. Ayniqsa, dam oliş kunlari goh elektr, goh gaz idorasidan yo bölmasam suvga, çiqindiga  pul sörab birin-ketin eşik taqillatib kelişlar ham hali köpçilikning yodida bölsa kerak.

Bundan 3 yil avval Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosining taşkil etilişi bilan ana şu tölovlarning hammasi bitta joyga jamlandi.

2017 yil 29 maydagi Prezident Farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida energiya resurslari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişiga, elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş hamda talon-toroj qiliş holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş, şuningdek, sud hujjatlari ijrosini taʼminlaşga masʼul bölgan Majburiy ijro byurosi taşkil etildi.

Majburiy ijro byurosi qisqa vaqt içida taşkil etilgan kunidanoq, jamoatçilikning eʼtiborida böldi. Amalda elektr energiyasi, tabiiy gaz (keyinçalik 2018 yildan boşlab esa, suv taʼminoti) uçun tölovarni qabul qiliş, bu sohadagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş, suiisteʼmolçilik va hisob-kitob işlarini tartibga soliş, şu bilan birga muqaddam tugatilgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti bajargan sud va boşqa organ qarorlarini ijrosini taʼminlaşni yangi  idora öz zimmasiga olgan edi.

Majburiy ijro byurosi huquqni muhofaza qiluvçi, Boş prokuratura huzuridagi maxsus vakolatli organ bölib, suriştiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oşiriş vakolatiga ham ega hisoblanadi.

Byuroda huquqbuzarliklarni foş etiş, oldini oliş va bartaraf etişga qaratilgan tezkor bölimlar ham faoliyat körsatadi.

Bu esa bu sohada huquqbuzarliklarning keskin kamaytirib, huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda bölişni taqozo etardi.

Xöş, Majburiy ijro byurosi öz vazifasini qanday uddaladi?

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim örin tutuvçi kommunal soha muammolariga yeçim topiş borasida ijobiy natijalarga erişildimi?

Biz uşbu savollarga javob oliş uçun Majburiy ijro byurosining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Farrux Toşpölatov bilan boğlandik.

— Avvalo, iş faoliyatimizni boşlaşda — ijro işi, energiya resurslari bilan boğliq barça holatlar tizimli örganib çiqilib, tahlil qilindi.

Energiya resurslari va suv taʼminoti sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaşda prokuratura tizimida töplangan tajriba va ijro intizomidan unumli foydalanildi.

Belgilangan vazifalar – energiya resurslari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undiriş, elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş hamda talon-toroj qiliş holatlarini aniqlaş, ularni bartaraf etiş va oldini oliş, şuningdek, sud hujjatlarining ijrosini sözsiz taʼminlaş yuzasidan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqilib, amalga tatbiq etildi.

Şu bois, keyinçalik Byuro organlariga qattiq maişiy çiqindilar uçun majburiy tölovlarni öz vaqtida va töliq undiriş ham qöşimça vazifa sifatida yuklandi.

Qisqa vaqt içida sud va boşqa organlar qarorlari ijrosini taʼminlaş, energiya resurslari böyiça qarzdorlikni kamaytiriş borasida ijobiy körsatkiçlarga erişildi.

Iqtisodiyotimiz ravnaqi uçun muhim tarmoq bölgan energiya resurslari sohasida tölov intizomi mustahkamlandi, yillar davomida töplanib kelgan  tizimli muammolar va hisob-kitob işlari öz yeçimini topdi.

Bir söz bilan aytganda, Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi va uni endilikda mamlakatimizda yoqilği-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlaş borasida davlat siyosatini amalga oşirib kelayotgan Energetika vazirligi zimmasi ötkaziş vaqti kelgan edi.

Şu örinda qisqa bölsa-da, Byuro organlari tomonidan tölov intizomini mustahkamlaş yölida qilingan işlar töxtalsak.

Misol uçun: Byuro organlari taşkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv isteʼmoli va qattiq maişiy çiqindilar sohasida 94,3 trln. söm undirildi (şundan elektr energiyasi – 45,8 trln., tabiiy gaz – 46,1 trln., içimlik suvi – 1,9 trln., maişiy çiqindi – 0,4 trln.).

Ötgan davr içida energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalaniş hamda talon-toroj qilinişi bilan boğliq 1,2 trln. sömlik zarar aniqlanib, 1046 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Byuro faoliyatini boşlagan vaqtdan buyon dolzarb masalalardan biri bu albatta, noreal, yaʼni asossiz qarzdorliklar hisoblanişining oldini oliş dolzarb masala edi. Bu yönalişda Byuro organlari faoliyatini boşlagandan hozirga qadar 1 trln. 344 mlrd. sömlik noreal qarzdorlik böyiça 244 ta jinoyat işi qözğatildi.

Foydalanilmagan energiya resurslari uçun isteʼmolçilarga asossiz qarzdorlik hisoblanişi holatlari böyiça Byuro organlari tomonidan 1 trln. 342 mlrd. söm noreal qarzdorlik böyiça jami 146 ta jinoyat işlari qözğatilgan.

Energiya resurslari sohasida debitor qarzdorlik 2020 yilning 1 iyun holatiga 14,1 trln. sömni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan (14,5 trln.) 385 mlrd. sömga kamaytirildi.

Energiya resurslari isteʼmolçilari töliq  inventarizatsiya qilindi.

Yuqorida, biz Byuro organlarida suv taʼminoti  tölovlarni qabul qiliş  va sohadagi huquqbuzarliklarning oldini oliş vazifasi yuklatilganini ham esga olgan edik.

Majburiy ijro byurosi organlariga suvdan noqonuniy foydalaniş, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlarining oldini oliş, suv taʼminoti uçun tölovlarni undiriş vazifasi ham yuklatildi va birgina, 2019 yilda suv isteʼmoli böyiça qarzdorlardan 1,1 trln. söm undirildi. Bu byuro taşkil etilmasdan oldingi körsatkiçga nisbatan 200 foiz köp.

Şu örinda, energiya resurslari böyiça tölov intizomini mustahkamlaş ham Byuro xodimlariga oson keçmaganini eslab ötiş joiz.

Birgina, ötgan 2019 yil davomida Byuro xodimlariga qarşilik körsatiş bilan boğliq 132 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy çora körildi.

Byuro taşkil etilgandan buyon 4 nafar xodimlar öz vazifasini bajariş vaqtida vafot etgan, 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.

Joriy yilda ham Byuro xodimlariga qarşilik körsatiş bilan 14 holat aniqlandi.

Byuro faoliyatida asosiy muammolardan biri energiya resurslari va suv taʼminoti sohasida undiruvlarni amalga oşirişda, avvalo tölov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan aholi vakillari örtasida tarğibot va tuşuntiriş işlariga qaratildi.

Biroq yuqorida taʼkidlanganimdek, Byuroga yuklatilgan vazifalar zalvori işni asta yölga qöyişga fursat qoldirmadi. Aksinça, darhol oyoqqa turişi şart qilindi.

Boisi, kommunal soha oğriqli sohalarimizdan biriga aylanib qolgan, tuşunarliroq qilib aytganda tizim “reanimatsiya”ga tuşib qolgan edi. Şundan kelib çiqadigan bölsak, MIBga tizimni tezroq davolab, oyoqqa turğaziş talabi qöyilgan edi. Şu bilan birga, sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining ijrosi ham aytarli darajada emas, haminqadar edi.

Muhimi –  yurtdoşlarimizda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş, tölov intizomiga rioya qiliş madaniyati şakllana boşladi.

Endilikda, uşbu vazifalar Energetika vazirligi tomonidan tizimli ravişda olib boriladi, deb hisoblaymiz. Çunki keyingi yillarda uşbu vazirlikda bir qator ijobiy özgarişlar böldi.

Şu örinda aholimiz yaxşi bilişi lozimki, Majburiy ijro byurosi zimmasidagi elektr, gaz va maişiy çiqindilar uçun tölovlarni öz vaqtida hamda undirib oliş böyiça vazifalar – Energetika vazirligiga joriy yilning 01 avgust kunidan eʼtiboran ötkaziladi.

Bungaça bölgan davrda Majburiy ijro byurosi bu yönalişda öz işini davom ettiradi.

Majburiy ijro byurosi organlari yurtdoşlarimizdan tölov madaniyatiga amal qilgani holda, jamiyatimiz farovonligiga öz hissasini qöşişi mumkinligini yodda tutmoği lozim.

Eslatma: MIB faqat kommunal soha va maişiy çiqindilar uçun yönalişini tugatmoqda, biroq sud xamda boşqa organ qarorlarini ijro etiş funktsiya va vazifalarini davom ettiradi.

×