Amudaryo quriyaptimi? Vazirlik izoh berdi

Amudaryo quriyaptimi? Vazirlik izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo qurib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu xabarlar yuzasidan Suv xöjaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, Amudaryoda suv oqimi saqlanib qolmoqda, ayrim körsatkiçlardagi pasayiş esa mavsumiy gidrologik jarayon hisoblanadi. Keça, 9 oktyabr kungi holatga köra, Amudaryoning Özbekiston hududiga kirib keladigan qismidagi Termiz gidropostida suv sathi 239 santimetrni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 27 santimetr yuqori.

Şu bilan birga, Kerki gidropostida suv sarfi sekundiga 499 kub metrni taşkil qilmoqda. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan sekundiga 63 kub metrga kam.

Vazirlik maʼlumotlariga köra, Amudaryo havzasining yuqori qismida, Tojikiston hududida joylaşgan Nurek suv omboriga sekundiga 408 kub metr suv kelib tuşmoqda, undan esa sekundiga 320 kub metr suv çiqarilmoqda. Suv omboridagi suv hajmi 10 milliard 540 million kub metrga teng.

Bildirilişiça, sentyabr-oktyabr oylarida daryolarda suv sathi va sarfining pasayişi mavsumiy gidrologik jarayon hisoblanadi. Vegetatsiya mavsumi yakunlanişi munosabati bilan suv omborlarida keyingi mavsum ehtiyojlari uçun suv zaxiralari töplanmoqda.


Teglar:
×