IIV YHXBB izoh berdi: Kunduzi «fara»larni yoqib yuriş tartibi faqat avtomatik yoritguvçi avtomobillar uçun

IIV YHXBB izoh berdi: Kunduzi «fara»larni yoqib yuriş tartibi faqat avtomatik yoritguvçi avtomobillar uçun

1 yanvardan boşlab, kunning yoruğ vaqtida ham yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib yuriş qoidasi yana kuçga kirişi haqida xabar berilgandi.

IIV YHXBB uşbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:

«Haqiqatdan ham, «Yöl harakati qoidalari»ning 138-bandida «Kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart»ligi belgilangan.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi «Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi körsatilgan.

Uşbu masala yuzasidan IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining öz fikr mulohazalari mavjud bölib, tegişli takliflar tayyorlangan va uşbu yönalişda çora-tadbirlar belgilanmoqda.

Öylaymizki, belgilanayotgan çora-tadbirlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

×