IIBB Toşkentdagi bezorilar töqnaşuviga izoh berdi (video)

IIBB Toşkentdagi bezorilar töqnaşuviga izoh berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Şahar bedarvozami. Kim böldi bular bemalol özgalarni joniga tahdid qilişmoqda” deb nomlangan video tarqaldi. Toşkent şahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Taʼkidlanişiça, joriy yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22:00 larda Boğişamol köçasida bir neçta fuqaro örtasida janjal yuz bergan. Xususan, 30 yoşli J.I. va uning tanişlari 30 yoşli M.X., 39 yoşli J.A., 24 yoşli U.R., 37 yoşli X.A., 27 yoşli X.S., 30 yoşli U.D. özaro janjallaşgan. Natijada gumonlanuvçilardan biri 30 yoşli J.I. qoçmoqçi bölgan Chevrolet Equinox rusumli avtomobilga zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

×