Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda eşak göştini söyganlar uşlangani haqida xabar tarqaldi. Unda eşak göşti sotuvga çiqib ketgan bölişi ham mumkinligi aytilgandi. Holat yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum bölişiça, keça, 16 oktyabr kuni IIB 102 qisqa raqamiga “Boburşoh” MFY, Boburşoh köçasida joylaşgan köp qavatli uy oldidagi çiqindi taşlaş joyiga M-412 rusumli avtomaşina xaydovçisi eşakning içki aʼzolarini taşlab ketayotgani töğrisida xabar berilgan.
Voqea yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari ötkazilganda, Uyçi tumanida tuğilgan fuqaro şu kuni söyilgan eşak göştidan çiqqan çiqindilarni akasining uyidan olib, çiqindixonaga taşlab ketgani aniqlangan.
Maʼlum bölişiça, uning akasi 16 oktyabr kuni Yangiqörğon tumanida joylaşgan hayvon bozoridan 3 boş eşakni 580 000 sömga sotib olib, xonadonida söygan. Göşt mahsulotlarini u Namangan şahrida yaşovçi 73 yoşli tanişiga sotgan.
Göştni sotib olgan fuqaro şaharda joylaşgan hayvonot boğida “ekspeditor” bölib işlaşini, hayvonlarga kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş bilan şuğullanişini maʼlum qilgan. U 16 oktyabr kuni 600.000 sömga göşt mahsulotlarini sotib olgan va hayvonot boğidagi hayvonlarga bergan. U eşak göştini muntazam ravişda sotib olgan.
Xabarga köra, hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan şahar IIO FMB tomonidan tekşiruv xarakatlari davom ettirilmoqda.









