Namanganda erkak xotini va uç farzandini boltada çopib, söng özini yoqib yubordi

Namanganda erkak xotini va uç farzandini boltada çopib, söng özini yoqib yubordi

Joriy yilning 13 iyun kuni Namangan şahri “Yangi Zamin” mahallasida er xotini va özini öldirib, mudhiş jinoyat sodir etdi. Bu haqda "NAMANGANLIKLAR.UZ" ga Boş prokuratura maʼlum qildi.

44 yoşli U.X. ismli fuqaro turmuş örtoği bilan janjallaşib qolişi oqibatida 36 yoşli turmuş örtoğining boş va böyin sohasiga bolta bilan bir neça marotaba urib, uni qasddan öldirgan. Şundan söng u voyaga yetmagan farzandlari — 10 va 8 yoşli qizlari, şuningdek, 4 oylik çaqaloğini bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 4 oylik çaqaloq voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar qiz esa tan jarohati olib, qöşnisi A.D. ning uyiga qoçib çiqişga ulgurgan.

Sodir bölgan voqealardan söng, U.X. yaşaş uyining oşxonasida özini yoqib yuborib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan şu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan U.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×