30 mart kuni Ozarbayjonda 33 yoşli erkak onasini boltalab, özini esa yoqib öldirdi. Bu haqda “Oxu.az” xabar qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, 1993 yilda tuğilgan Anar Allohberdiyev 1959 yilda tuğilgan onasi Çeçak Serdarovaga hujum qilib, uni bolta bilan ayovsiz tarzda öldirgan.
Voqea ortidan erkak öz joniga qasd qilgan. U öziga yonuvçan suyuqlik sepib, öt qöygan. Olingan oğir tan jarohatlari oqibatida u ham hodisa joyida halok bölgan.
Hodisa sodir bölgan hududga zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar va tezkor xizmatlar yetib kelgan. Hozirda voqea joyi közdan keçirilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyatning kelib çiqiş sabablari hozirça nomaʼlum. Hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaşga qaratilgan tergov işlari davom etmoqda.









