Andijonda sud qaroriga köra uyidan köçirilayotgan fuqaro özini yoqib yubordi

Andijonda sud qaroriga köra uyidan köçirilayotgan fuqaro özini yoqib yubordi

Keça Majburiy ijro byurosining Samarqand şahar bölimi xodimini yoqib yuborişga qasd qilingani, şuningdek, bunday xatti-harakatning sabab va oqibatlari haqida xabar berilgandi.

Keçaning özida Andijonda ham sud qarori ijrosi jarayonida yana bir köngilsizlik yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda uydan köçiriş haqidagi sud qarori ijrosidan norozi fuqaro öziga ötib qöyib yuborgani haqida xabar tarqaldi.

Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati boşliği Farrux Toşpölatov Andijondagi voqelik xususida quyidagilarni maʼlum qildi:

— Byuroning Andijon tuman bölimi iş yurituvidagi fuqaro Z.G. va uning oila aʼzolarini Andijon tumani, Ayriliş MFYda uydan majburiy tartibda köçiriş hamda daʼvogar M.B.ni uşbu uyga kiritiş haqida ijro hujjati mavjud bölib, şu yilning 21 yanvar kuni keçga yaqin masʼul xodimlar ijro harakatlarini amalga oşiriş uçun qayd etilgan manzilga çiqişgan.  MIB xodimlari, şuningdek, daʼvogar va javobgar iştirokida dalolatnoma rasmiylaştiriş jarayonida taraflar örtasida kelib çiqqan kelişmovçilik sabab ijro harakatlari bir kun keyinga — 22 yanvarga qoldiriladi.

Şundan söng, MIB xodimlari va ijro harakati uçun jalb qilingan boşqa şaxslar qayd etilgan manzildan çiqib ketayotgan vaqtida javobgar X.G. öziga benzin sepib, öt qöyib yuboradi. Oqibatda tanasining 45 foizi kuyib, oğir tan jarohat bilan kasalxonaga tuşadi..

Ayni paytda holat böyiça Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tekşiriş işlari olib borilmoqda.

Voqelikning qisqa tafsiloti şu. Pirovardida, alohida taʼkid etamizki, MIBda sud qarorlari muhokama etilmaydi. Balki qonuniy kuçga kirgan sud hujjatlari ijrosi taʼminlanişi şart. Sud qarorlari ijrosini vaqtinça töxtatişning qonuniy tartiblari bor. Nima bölgandayam sud qarori ijrosini öz-öziga öt qöyiş orqali töxtatişga urinişni töğri tanlov emas, deb hisoblaymiz.

×