2020 yil 24 iyul kuni soat 23:00 larda Marhamat tumani, «Toş yöli» MFY, «Sadokat» köçasida yaşovçi fuqaro N.M. (1999 y.t.), sevgan yigitini kutib turgan voyaga yetmagan T.M.ni uyali telefoniga rasmga olib, uşbu fotosuratlarni uning ota-onasi va profilaktika inspektoriga körsatişini aytgan.
Uşbu maʼlumotlar boşqalarga oşkor bölişidan qörqib, T.M. özini osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.
Marhumaning onasi S.B. olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bölib, 2020 yil 30 noyabr kuni soat 12:15 larda Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan va viloyat prokurorining birinçi örinbosari F.Raxmanov tomonidan qabul qilingan.
Fuqaro S.B. qabul jarayonida tergovçi tomonidan ularning talablari bajarilmasdan, uning fikriça, qizining vafotiga aybdor bölgan N.M.dan yetkazilgan zarar hisobiga «Spark» avtomaşinasi undirilmayotganligidan noroziligini bildirgan.
Viloyat prokurorining birinçi örinbosari F.Raxmanov qabul jarayonida jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etayotganligi, «Spark» avtomaşinasini undiriş tergov organlarining vakolatiga kirmasligini, tergov yakuni böyiça barça aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çoralar körilişini tuşuntirgan.
Olingan javobdan qoniqiş xosil qilmagan fuqaro S.B. «Spark» avtomaşinasi undirilmagan taqdirda öziga öt yoqib, joniga qasd qilişini bildirib, viloyat prokuraturasini tark etgan. Vaziyat keskinlaşuvi va boşqa holatlarni oldini oliş uçun Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari viloyat prokuraturasiga çaqirilgan.
Şundan söng, şu kuni soat 13:20 larda S.B. viloyat prokuraturasi avtomaşinalar turargohida baqirib, boşqa şaxslarni öziga jalb qilib, turmuş örtoği X.T.dan 1 litrli plastmassa idişda bölgan «Benzin» yoqilğisi va gugurtni olib, özining yelka qismlariga quygan va turmuş örtoği X.T. tomonidan özini yoqişi va viloyat prokuraturasi binosi içiga yugurib kirib ketişi haqida körsatma olganidan söng öziga öt qöyib yoqib yuborgan.
Şu vaqtda voqealar rivojini kuzatib turgan Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan S.B.ning egnida yonayotgan kiyimlari yeçib olinib, uning kuyib oğir tan jarohati olişi oldi olingan.
Ayni vaqtda S.B.ning yuzi, qöllari, böyin va kökrak qafasi sohalari jami tanasining 15 foiz qismi kuyiş taşxisi bilan şifoxonaga joylaştirildi.
Mazkur holat böyiça Andijon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









