Vahşiylik! Toşkentda ona öz farzandini öldirib, yoqib yubordi va uning yöqolganligi haqida xabar berdi

Vahşiylik! Toşkentda ona öz farzandini öldirib, yoqib yubordi va uning yöqolganligi haqida xabar berdi

4 noyabr, yakşanba kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilib, 5 yoşli qizi D.K.ni Toşkent şahar Bektemir tumanida joylaşgan Compass savdo majmuasida yöqotib qöyganligi haqida maʼlum qildi. Toşkent şahar prokuraturasi hamda Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, qizçani topişga qaratilgan tadbirlarga zudlik bilan kirişildi, deb xabar bermoqdaToşkent şahar prokuraturasi.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan A.V. va uning şarʼiy nikohdagi eri M.F.ning körsatmalari şubha ostiga olinib, qidiruv tadbirlariga qaramasdan, farzandi bir kun mobaynida topilmaganligi sababli, u qotillik jinoyati qurboni bölganligi gumoni asosida Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanişiça, 25 oktyabr kuni keçasi soat 03:00 atrofida er-xotin Sergeli tumanida ijarada yaşab kelgan xonadonda spirtli içimlik isteʼmol qilib, farzandini urib, döpposlab, qasddan öldirgan.

Söngra sodir etilgan jinoyatni yaşiriş va jazodan qutuliş maqsadida murdani yöqotiş payiga tuşgan. Uni yöl sumkasiga joylaştirib, şu kuni tongda Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi ijaraga olingan dala hovliga olib borgan. Murda öçoqda yoqilib, söng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Çirçiq daryosiga taşlab yuborilgan.

Şundan keyin ular huquqni muhofaza qiluvçi organlarni çalğitiş va asl holatni yaşiriş maqsadida farzandi bedarak yöqolib qolganligini sahnalaştirgan.

Hodisa sodir bölgan joyni közdan keçiriş davomida D.K.ning murda suyaklari topilib, aşyoviy dalil tariqasida olingan. Jinoyat işi böyiça A.V. va M.F. qasddan odam öldirişda gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

×