Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek aliment tölaş majburiyatini taʼminlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisida» nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan tölaş bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uçun va beş yildan kam bölmagan muddatga amalga oşiriş körsatib ötilgan.
MIBning Çust tuman bölimi iş yurituvida bölgan, fuqarolik işlari böyiça Çust tumanlararo sudining qaroriga asosan S.Oripovdan undiruvçi A.Tursunxon foydasiga 2 nafar farzandi uçun aliment tölaş belgilangan.
Fuqaro S.Aripov muntazam ravişda oyma-oy aliment pulini tölab bormoqda. Biroq, çeklov qöyilgani sababli xorijga çiqolmay yurgan edi. Aynan uşbu masala yuzasidan murojaat yöllab, tuşuntiriş olgani öz samarasini berdi. U beş yillik aliment summani tölaşini sörab ijro etiş usuli va tartibini özgartiriş haqida ajrim çiqarib berişni söraydi. Mazkur murojaat atrofliça körib çiqilib, fuqaro S.Oripov 2025 yilning fevral oyiga qadar jami 48.848.125 söm miqdoridagi aliment pulini tölab berdi.
Fuqarolik işlari böyiça Çust tumanlararo sudining ajrimiga asosan unga nisbatan ijro etiş usuli va tartibi özgartirilib, çeklov olib taşlandi.
Çustlik ota farzandi uçun 5 yillik aliment pulini oldindan töladi









