Rasul Kuşerbayev UzAuto Motors maşinalarini oliş uçun 85 foizlik oldindan tölov tartibini tanqid qildi

Rasul Kuşerbayev UzAuto Motors maşinalarini oliş uçun 85 foizlik oldindan tölov tartibini tanqid qildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev öz Telegram kanalida Özbekistonda işlab çiqarilgan maşinalarni oliş uçun avvaldan 85 foiz tölov qiliş masalasini tanqid qildi.

Hamma biladiki, UzAuto Motors dilerlari bilan avtomaşina sotib olişda şartnoma qiymatining kamida 85 foizini oldindan tölaş talablari körsatilgan.

Monopolistning isteʼmolçiga diktovkasi şu qadar kuçliki, heç kim nega 85 foiz oldindan tölov qilişim kerak özi, deb sörab ham ötirmaydi.

Maşina puli tölangaç, minib ketilsa-ku, mayli, lekin puli tölangaç, oylab maşina çiqişini kutsang ham 85 foiz pul tölaş qaysi aqlga siğadi?

Amaldagi qonunçilikka köra, şartnoma şartlari kuçga kirişi uçun 15 foiz oldindan tölov kifoya. Bu meʼyorlar bundan 25 yil avvalgi farmonda belgilab qöyilgan.

Aytişingiz mumkin, farmonda oldindan tölovning eng kam miqdori 15 foiz etib körsatilgan. Demak, 50 foiz ham, 85 foiz ham, hatto 100 foiz ham mumkin deb. Ha, şunday, lekin qonunga köra bu tomonlarning özaro kelişuviga köra belgilanadi.

Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunga köra, tovar (iş, xizmat)lar uçun haq tölaş şakli hamda tartibi isteʼmolçi bilan sotuvçi (işlab çiqaruvçi, ijroçi) örtasidagi kelişuvga binoan belgilanadi. Tomonlar örtasida şartnoma narsasi, miqdor, narx va boşqa muhim şartlar töğrisida kelişuvga erişilsa, isteʼmolçi bilan işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi) örtasida şartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Lekin siz UzAuto Motors bilan 15 foiz oldindan tölov şartlarida avtomaşina sotib oliş uçun şartnoma tuzişga urinib köring. Qonun böyiça bunga haqli bölsangiz ham aslo buning iloji yöq, çunki ular monopolist diktovkasi bilan tuzilgan şartnomaning bitta harfini ham özgartirişmaydi. Nega? Çunki u monopolist.

Endi siz masalan, mebel sotuvçi bilan şartnoma tuzing, şartnomaning har bir bandini sotuvçi bilan muhokama qilib, özaro kelişuv asosida belgilaysiz, bemalol 15 foiz oldindan tölov bilan mebel buyurtma qila olasiz. Çunki sizda mebel olişda tanlov bor.

Şunga şunçami, deysizmi? 85 foiz oldindan tölov bu UzAuto Motors uçun tekin kredit, siz uçun esa ortiqça tölov aslida.

Masalan, ötgan haftada 2021 yil iyun oyida avtomaşina çiqariş şartlarida Labo avtomaşinasi sotib oliş uçun şartnoma tuzişi mumkin edi (hozir salonlarda Labo’ga şartnoma qolmagan).

Yaʼni 85 foiz tölov qilgan xaridor Labo’ni 8 oy kutadi (yana +30 kun ham qöşilgan). 76 million sömlik Labo’ning 85 foizi 65 million söm böladi. Vaholanki, xaridor Labo olişga şartnoma tuziş uçun 65 million söm emas, 11 million tölaşga töla haqli. Yöq, UzAuto Motors monopol şartlarini tiqiştirib, bunga aslo rozi bölmaydi. Natijada xaridorning 54 million söm puli 8 oyga muzlaydi. Agar şu pulni xaridor eng past stavka yillik 14 foiz ustama bilan bank depozitida 8 oy saqlasa, kamida 5 million söm qöşimça daromadga ega bölgan bölardi. Bu degani öşa 76 million sömlik Labo xaridorga 76 million söm emas, kamida 81 million sömga tuşyapti.

Xaridordan oldindan 85 foizlik tölov olgan UzAuto Motors nima qiladi, avvalo özining puliga emas, xaridorning puliga avtomaşina işlab çiqaradi, yana banklardagi depozitlarda bir neça oy saqlaş evaziga daromad ham köradi.

Darvoqe, Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi UzAuto Motors AJ avtomaşinalari tannarxini hisoblaganida xaridorlardan 85 foizlik tölov hisobiga yiğilgan mablağlarni monopolistning bank depozitlariga joylaştirişdan olingan milliardlab daromadlarni inobatga olganmikan?

Maʼlumot uçun: UzAuto Motors (GM Özbekiston AJ) 2011 yilga qadar ham 15 foiz oldindan tölov şartlarida şartnomalar tuzib kelgan.

Deputat sifatida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasidan UzAuto Motors AJ dilerlaridan avtomaşina sotib olişda 85 foizlik oldindan tölov majburiyati amaldagi qonunçiligimizga muvofiqligi masalasini ham alohida örganib çiqişni sörab qolaman. UzAuto Motors AJ esa oldindan 85 foiz tölov evaziga şakllangan milliardlab bepul mablağlar hisobidan ega bölayotgan qöşimça daromadlari qay yönalişda sarflanayotganini oçiqlasa, yomon bölmasdi.

Rasul Kuşerbayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.

Eslatib ötamiz, deputat Rasul Kuşerbayevning avvalgi tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors AJga nisbatan iş qözğatgan. Qömita kompaniya tomonidan «Raqobat töğrisida»gi qonunni buziş alomatlarini aniqlagan.

Qömitaning 2020 yil 19 avgust kuni ötkazilgan yiğilişida maxsus komissiya tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oşirganini tasdiqlagan. Unga köra, avtomobillar narxi 3 million sömdan 19 million sömgaça asossiz oşirilgani aniqlangan. Qömita narxlarning asossiz oşirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotiş böyiça körsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytiriş imkonsiz» deya javob qaytargan.

Mazkur örganiş natijalari omma uçun eʼlon qilingaç UzAuto Motors Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qoşidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga şikoyat qilişini bildirgan. Keyinçalik kompaniya Toşkent şahar maʼmuriy sudiga şikoyat qilgani maʼlum bölgan.

Rasul Kuşerbayev bunga öz munosabatini bildirib, «Köramiz, sud bu işni qançalik mustaqil körib çiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkan. Şunça qiyinçilik bilan xalq roziligi uçun boşni kundaga qöyib qilinayotgan işdan hafsala pir bölmasin-da, işqilib», — deya yozgandi.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örtasidagi sud jarayoni 2 oktyabr kuni boşlangan, 9 oktyabrda ötkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini şakllantiriş maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktyabrdagi majlisda işni yopiq tartibda körişni boşlagan.

23 oktyabrda bölib ötgan sud majlisida UzAuto Motors çetdan olib kelingan butlovçi ehtiyot qismlarning narxi oşişi, xorijiy valyuta kursi oşişi tannarxlarni şakllantirişida taʼsir qilişini taʼkidlab, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qömita vakillari tekşiriş davomida bir neça marotaba hujjatlar taqdim etiş söralganida kompaniya tomonidan tegişli hujjatlar öz vaqtida taqdim etilmaganligi, tekşiriş muddati yakunlanişiga kam vaqt qolganligi sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida örganib çiqilganligi maʼlum qilgan.

Toşkent şahar maʼmuriy sudining 2020 yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizaçi UzAuto Motors AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli iş böyiça 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topiş haqidagi şikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Sud jarayonlari orasida UzAuto Motors kompaniyasi turli bayonotlar qilib, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasini OAVga bosim ötkazayotganlikda aybladi. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi esa UzAuto Motors’ni davlat organiga nisbatan axloqiy meʼyorlardan çiqmagan holda mulohaza yuritişga çaqirdi. Yakunda UzAuto Motors’ning mazkur ayblovi öz tasdiğini topmadi. Rasul Kuşerbayev sudning mazkur qaroriga munosabat bildirib, «Yangi Özbekistondagi eski Özbekistonga ‘ğalaba’ muborak», — deb yozgan.

24 oktyabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Rasul Kuşerbayev, Doniyor Ğaniyev hamda Bekmirza Eşmurzayev Moliya vazirligi va Davlat bojxona qömitasiga import maşinalar boj töloviga oid deputatlik sörovi yuborgan. Mazkur sörovga Davlat bojxona qömitasi maxfiy javob qaytargan.

×