Prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni töliq bartaraf etiş, UzAuto Motors avtomobillari uçun oldindan tölov miqdorini 85 foizdan 50 foizgaça pasaytiriş vazifasini topşirdi.
Davlat rahbari sohaga masʼul «Özavtosanoat» AJ raisi Şavkat Umurzoqovga işlab çiqarişni oşiriş va aholining talabini töliq qondiriş böyiça tinimsiz işlaşi şartligini aytdi.
— Jahonda mikroçiplar işlab çiqariş va xalqaro logistika bilan boğliq muammolardan kelib çiqib yangi yondaşuv va yeçimlar topiş zarur. Umuman, maşinasozlik tarmoği sanoatning “drayver” sohalaridan biri bölişi kerak, — deya taʼkidlandi prezident.
Şuningdek, Ş.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida oçiq-oşkora va inson omilidan xoli tizimni yölga qöyib, sunʼiy navbatlar va korruptsion holatlarni tag-tomiri bilan yöq qiliş uçun şaxsiy javobgarlik yuklandi.









