Keça, 19 avgust kuni Toşkent şahar Uçtepa tumanida qarzdor ota 2,4 mlrd söm miqdoridagi aliment pullarini oldindan töladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, sudning buyruğiga asosan qarzdor Ş.J.dan undiruvçi Ş.D. foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandi taʼminoti uçun ½ qismi miqdorida aliment undiriş haqidagi ijro hujjati byuroning Uçtepa tuman bölimiga kelib tuşgan va ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Şuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklarni aniqlaş maqsadida vakolatli organlarga sörovnomalar yuborilgan. Olingan javob xatlarga köra, qarzdorning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklari qayd etilmagan.
Ötkazilgan ijro harakatlar davomida qarzdor Ş.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandi taʼminoti uçun ular to voyaga yetguniga qadar oldindan tölanadigan aliment miqdorini hisoblab berişni sörab, ariza bilan murojaat qilgan.
Şunga köra, aliment qarzdorning iş haqi va boşqa daromadlarining 50 foizi miqdorida joriy yilning 1 avgustidan 2041 yilning 1 apreliga qadar (16 yillik) jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 söm hisoblangan.
Olib borilgan ijro harakatlar davomida qarzdor Ş.J. tomonidan jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 söm miqdorida aliment pullari uy körinişida undiruvçi Ş.D.ga ötkazib berilgan hamda undiruvçining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlangan.









