Özbekistonda 2021 yildan barça isteʼmolçilar elektr energiyasi uçun tölovlarni oldindan amalga oşirişi mumkin

Özbekistonda 2021 yildan barça isteʼmolçilar elektr energiyasi uçun tölovlarni oldindan amalga oşirişi mumkin

Energetika vazirligi elektr energiyasidan foydalanuvçi yuridik yoki jismoniy şaxslarning xizmat uçun tölovlarni oldindan tölaşlariga oid Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasini muhokamaga qöydi.

Hujjat loyihasiga köra, 2021 yil 1 fevraldan barça isteʼmolçilarga (jumladan, maişiy isteʼmolçilarga) yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun tölovlar, mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, faqat oldindan tölov asosida amalga oşiriladi.

Tölovni amalga oşirmagan isteʼmolçilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan töliq uziş çorasi köriladi.

Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qöyilişi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega bölgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq tölanmaganligi uçun elektr energiyasi yetkazib berilişini çeklaş belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigaça, töliq uzib qöyiş esa faqat sud qaroriga köra amalga oşirilişi mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda elektr energiyasi isteʼmolçisi tomonidan imzolangan texnologiya va avariya broni dalolatnomalari şartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, amaldagi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazkur bandiga köra, maişiy isteʼmolçilar har oyning 10-sanasiga qadar ötgan oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uçun töliq hisob-kitob qilişlari şartligi belgilab qöyilgan.

×