Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasidan xavotirlanib ostida haj ziyoratini çeklaşni körib çiqmoqda.
Bugun bu masalaga yaqin manbalar xabar berişiça, Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga boradigan ziyoratçilar sonini keskin çeklaşi mumkin, çunki mamlakatda kasallanganlar soni 100 mingdan oşib ketgan.
Millionlab ziyoratçilar Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi Islomning muqaddas joylarini ziyorat qilişadi, bu har bir musulmon uçun umrida bir marta bajariladigan amaldir. Rasmiy maʼlumotlarga köra, haj va umra ziyorati Saudiyaga taxminan 12 milliard dollarga yaqin daromad keltiradi.
Masala bilan taniş bölgan ikki manbaning taʼkidlaşiça, rasmiylar bu yil hajga ruxsat berişni körib çiqmoqdalar. Keksa ziyoratçilar kelişini taqiqlaş va qöşimça tibbiy körikdan ötkaziş kabi çeklovlar kiritilişi kutilmoqda.
Ayrim amaldorlar esa iyul oyining oxirida boşlanişi kutilayotgan Hajning bekor qilinişini talab qilişmoqda.
Bu borada taniş bölgan boşqa manbaning aytişiça, rasmiylar qatʼiy tartiblardan foydalangan holda har bir mamlakatda ziyoratçilar uçun belgilangan kvotaning 20 foizigaça ruxsat etiş mumkin deb hisoblaşmoqda.
Hukumat matbuot xizmati va Haj va Umra vazirligi vakili hali bu xabarga izoh bermadi.
Hajni çeklaş yoki bekor qiliş, neft narxlari pasayişi va pandemiyadan qiynalgan davlat moliyasiga yanada köproq bosim böladi. Tahlilçilar bu yil iqtisodiyotning keskin pasayişini taxmin qilmoqda.
Yakşanba kuni qirollik xalqaro yölovçi qatnovlarini töxtatib qöydi va hojilar qönadigan Jidda şahrida yana komendantlik soati joriy etildi.
2019 yilda 19 millionga yaqin ziyoratçilar umra ziyoratiga va hajga 2,6 million kişi kelgan. Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonning iqtisodiy islohot rejasida Umra va Haj ziyorati hajmini yiliga 30 million ziyoratçilarga oşiriş va 2030 yilga kelib 50 milliard riyol (13,32 milliard dollar) daromad oliş maqsad qilingandi.









