Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab Toşkent va Turkiyaning Istanbul şahri örtasidagi parvozlar sonini köpaytiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan maʼlum qilindi.
Kompaniya xabariga köra, 1 oktyabrdan boşlab Toşkent—Istanbul—Toşkent yönalişida kuniga ikkita parvoz amalga oşiriladi.
Toşkent—Istanbul yönalişidagi HY 271 reysi soat 12:30 da Toşkentdan parvoz qilib, Istanbulga mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da yetib boradi. Istanbuldan HY 272 reysi bilan soat 12:30 da havoga kötariladigan samolyot Toşkentga soat 19:00 da qönadi.
Toşkent—Istanbul yönalişidagi HY 273 reysi soat 17:00 da parvozni boşlab, Istanbulga soat 20:20 da yetib boradi. Istanbul—Toşkent yönalişidagi HY 274 reysi Turkiyadan 21:45 da uçib, ertasi kuni soat 04:15 da Toşkent yetib keladi.
Mazkur qatnovlarga aviaçiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, uning mobil ilovasi orqali, şuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki Özbekistondagi aviakompaniya taşuvlarini sotiş agentliklaridan sotib oliş mumkin.
Avvalroq Uzbekistan Airways 1 oktyabrdan Toşkent va Bişkek örtasidagi parvozlar sonini köpaytirişini maʼlum qilgandi. Eslatib ötamiz, Özbekiston 1 oktyabrdan boşlab barça xalqaro avia, temir yöl va avtoyöl qatnovlarini tiklaydi.









