Namanganda “Nafosat–2020” festivaliga start berildi

Namanganda “Nafosat–2020” festivaliga start berildi

Namangan aholi, xususan, yoşlar örtasida kiyiniş madaniyati tarğibotini taşkil etişga qaratilgan “Nafosat” festivalini qarşi olmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Effect.uz muxbiri xabar bermoqda.

Aytilişiça, festival dasturidan milliy va zamonaviy liboslar körgazmasi, modalar namoyişi, “Ayollar va yoşlar orasida kiyiniş madaniyati” mavzusida seminar-trening hamda boşqa tadbirlar örin olgan.

Festivalning ilk kunida namanganlik yoş dizaynerlar örtasida milliy va zamonaviy andozalarni çiziş böyiça “Yoş dizaynerlar” tanlovi, Namangan ixtisoslaştirilgan madaniyat maktabi öquvçilari iştirokida modalar namoyişi bölib ötdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan “Yoşlar modasi, anʼanalar va zamonaviy yönalişlar” mavzusida ijtimoiy sörovnomalar ötkazildi. Kiyiniş madaniyati mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Namanganning brend firmalari öz körgazmalari bilan qatnaşib, mahsulotlarini namoyiş etişdi. Festival 12 dekabrga qadar davom etadi.

×