YouTube videoxostingi 10 noyabr sanasidan videolar ostidagi dizlayklar sonini bosqiçma-bosqiç yaşira boşladi. Şu bilan birga dizlayklar tugmasi portalda qoladi.
Mazkur qaror şu yil boşida ötkazilgan tajriba natijasida qabul qilingan. Unga köra, foydalanuvçilar videoga berilgan salbiy baholar sonini körmasalar, ularning dizlayk tugmasini bosişlari ehtimoli kamroq böladi. YouTobe maʼlumotlariga köra, yangi kontent mualliflari va kiçik auditoriyaga ega kanal yaratuvçilari odatdagidan köproq dizlaylaklarga duç kelişadi.
“Biz mualliflar muvaffiyatga erişiş va özlarini xavfsiz his qiliş imkoniyatiga ega böladigan inklyuziv muhit yaratmoqçimiz”, deya izoh bergan YouTube uşbu holatga.
Uşbu tajribadan maqsad, hisoblagiçni yaşiriş orqali videolar mualliflarini odamlar ataylab minus qöyadigan “dizlayk hujumlari”dan himoya qilişning iloji bor yoki yöqligini tuşuniş bölgan.









