14 yoşli bola ölimi aytilmagandi. SSV koronavirus qurbonlari sonini yaşiryaptimi?

14 yoşli bola ölimi aytilmagandi. SSV koronavirus qurbonlari sonini yaşiryaptimi?

Avvalroq, Soğliqni saqlaş vazirligidagi koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Habibulla Oqilov Özbekistonda 14 yoşli bola ham koronavirusdan vafot etgani haqida maʼlumot bergandi. Bu axborot odamlarda Soğliqni saqlaş vazirligi koronavirus qurbonlari haqidagi maʼlumotni yaşiryotgan ekan degan tasavvur şakllanişiga sabab böldi.

Şu sababli SSV ştabi aʼzosining aytganlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği, Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov izoh berib ötdi.

“Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi vakili, Toşkent şifokorlar malakasini oşiriş instituti rektori, professor Habibulla Oqilov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bizda vafot etganlarning 13 foizini 40 yoşgaça bölgan insonlar taşkil etişi xaqida gapirdilar. Afsuski, vafot etganlar orasida 14 yoşli bola (20 yoşgaça bölganlar — 3 foiz) ham bor deb ötdilar.

Şu kuni Soğliqni saqlaş vazirligi ham kasallikdan vafot etganlarni sonini yaşirmay töğri maʼlumot taqdim etgan. Yana qaytarib aytaman, respublikamizda kasallanganlar va vafot etayotganlar töğrisidagi maʼlumotlar aniq, şaffof xolda fuqarolarga yetkazilmoqda”, deya taʼkidladi Nurmat Otabekov.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 13 360 nafarga yetdi. Hozirgaça ularning 7852 nafari soğaygan va 62 nafari vafot etgan.

×