Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ona 3 yaşar ögay qizini urib öldirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 26 sentyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yaşovçi fuqaro I.S. (1994 yilda tuğilgan ayol) turmuş örtoği N.A (1988 yilda tuğilgan erkak) bilan özaro nizolaşişib, uning voyaga yetmagan farzandi O.Ş (2022 yilda tuğilgan qiz bola)ni urgan. Oqibatda bola boş qismidan jiddiy jarohatlangan va soğligi keskin yomonlaşib, şu kunning özida u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 27 sentyabr kuni tuman IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-moddasi (oilaviy zöravonlik), 8-qismi, «g» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. I.S Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan gumonlanuvçi tariqasida tarzda uşlangan.
Bildirilişiça, Bolalar ombudsmani bolaga qarşi sodir etilgan mazkur jinoyat işi yurituvi ustidan öz kuzatuvini davom ettiradi. Holat yuzasidan qöşimça tarzda axborot taqdim etiladi.
Maʼlumot uçun, Jinoyat kodeksida uşbu jinoyat uçun 10 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan.









