30 may kuni G.D. ismli ayol Yunusobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga F. ismli bir ayol 5000 dollar evaziga tuğişgan opasini öldirişda yordam qilişini yoki şu işni amalga oşiradigan şaxsni topişga kömaklaşişini söraganini bildirgan. Bu haqda Boş prokuratura «Daryo»ga maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga köra, 31 may soat 15:00 da Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida F. ismli ayolning noqonuniy qilmişlarini foş etiş maqsadida uning opasi (1967 yilda tuğilgan, sudlanmagan, işsiz) Yunusoboddagi uyidan tuman IIBning maʼmuriy binosiga olib kelingan. Şundan söng G.D. qotillik buyurtmaçisi bölgan ayolga qönğiroq qilib, iş bajarilganini va pullarni olib kelişini söragan.
Öz opasini öldiriş böyiça buyurtma bajarilganligi evaziga 5000 dollar miqdoridagi pul mablağlari örniga F. 2000 dollarga teng miqdoridagi tilla buyumlarini bergan vaqtida IIB xodimlari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.ga nisbatan (1969 yilda tuğilgan, sudlanmagan, işsiz) nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.









