Namanganning Pop tumanida xöranda oşxonaning egalarini öldirdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Töraqörğon tumanida yaşovçi fuqaro Aziz Yangiboyev Pop tumanida yaşovçi xolasinikiga boradi. U yölda ovqatlaniş uçun xalq orasida «Vilka» deb ataluvçi oşxonaga kiradi va taomlar hamda spirtli içimlik buyurtma qiladi. Kayfi oşgan xörandaga xodimlar oşxona yopilayotganini va uning yegan taomi va içimligining narxi 74 ming söm bölganini aytişadi. Aziz yonida tölaş uçun puli yöqligini bildirib, kafolat sifatida Redmi rusumli telefonini taşlab ketadi.
Aziz xolasinikiga borib, u yerdan piçoq olib oşxonaga qaytib boradi. U oşxonaning ikkinçi qavatida uxlab yotgan oşxona egalari— er-xotinni ayovsiz piçoqlaydi.
Aziz Yangiboyev Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.









