Samarqand viloyatida bölib ötgan xodisadan boxabar bölarkansiz, sizning könglingizdan ham şu tahlit gap ötişi tabiiy. “Odamlarga nima yetişmaydi-ya?” Va javobi xam tilingizda hozir: Töqlikka şöxlik bu!
Darhaqiqat şunday. Aks holda qaçonlardir bölib ötgan janjalni diliga tugib qasos ötida yurarmidi inson? Vaholanki sud bölgan, jazo berilgan, hatto tomonlar yaraşib uzr-maʼzur örtadan adovatni kötarib taşlagan bölsa!
Şamsi Safoyev bilan Maʼmur Şaxobov mahalladoş. Aytib ötganimizdek avvalroq ularni örtasida gap qoçgan. Janjal ur-surgaça borib yetgaç M.Şaxobov Ş.Safoyev hamda uning ukasi X.Safoyevga tan jarohati yetkazadi. Aka-uka kasalxonaga yotişadi va iş sudgaça boradi. Qolgani sizga ayon.
Oradan yil emas, yillar ötgandi. Mahalladoşlar köça-köy, töy-haşamlarda garçi avvalgidek bölmasada salom-aliklari bor edi.
Insonning içini bilib bölmas ekan, degan gapning isboti ölarok, karangki, Ş.Safoyev M. Şaxobovga özi jazo berişni diliga tugib köygan ekan.
Niyat, lafz xox yaxşi bölsin, xox yomon bir kun manzilga olib boradi. Şamsining çirkin niyati xam kundan kun uni qalbini adovatga töldirar, yelkasiga mingan şaytonni semirgandan semirtirardi.
Kiçik tadbirkorlik bilan şuğullanib, mol boqib göşt yetiştirib xalqiga xizmat qilib yurgan bu şaxsni aslida yomon odam xam deb bölmasdi. Mahallada faol, qiyinçiligi borlarga yordam ham qilib turardi.
Uning xatosi qalbidan husumatga joy berganida edi. Ana şugina köngliga ğarazlik, vahşiylik uruğini qadab qöydi. U şu qadar niş urdiki qöşnisini öldiriş, uyiga öt qöyiş, oilasini yöq qilişdek rejani qilganda yuragi jiz etib qöygani yöq. Ş.Safoyev bir neça bor jinoyatlar sodir etib qamalib çiqqan hamyurti Fotix Janiyevga içidagini tökib soladi. Undan yollanma qotil topib berişini söraydi.
Qarangki, u qalbi toş bölib ketgan deb öylagan Fotixning bu rejadan yuragi ortiga tortib ketadi. Ş.Safoyevni bu yöldan qaytarmokçi ham böladi. Ammo qaror katʼiy edi.
-Qotilni özing topasan va özing gaplaşasan. Men senlarga pul tölayman. Iş silliq, isi çiqmaydigan bölişi kerak.
Xizmat 3000$ga baholanadi.
Dastlab 100$ bergan Safoyev Fotixni qöliga yana 1400$ni tutqazadi.
- Qolganini Maʼmurni öligini körganimdan söng olasizlar. Uni qanday öldirganlaringni rasmga olib kelasan. Uyiga öt qöy!
- Uyiga öt qöyilsa oilasi, norasidalar jabr köradi-ku! Bunga yollangan tanişlarim ham könmaydi. Seni hisobing Maʼmurda uni özi yetadi.
Fotixning gapidan Şamsi hartugul şaştidan tuşadi va unda Maʼmurni özini öldirişlarini tayinlaydi.
Har qanday yomonlikni jinoyatçilar özi ham his etib turadi. Garçi alam, jahl, kabohat unga yölboşçi bölgan taqdirda qam. Qaniydi, qalb közini oçib hayotga, atrofiga, öz kelajagi, qismatiga şu on bir nazar taşlay olsaydi.
Afsuski şu qudrat yetişmaydi ularda.
Fotix esa özidan ana şu kuçni topdi. U mudhiş jinoyat sodir bölişi, bir inson bevaqt, beşafqat ölim topişi, bir emas bir neça kişi esa oğir jinoyatga qöl urişi mumkinligini körib turardi. U qalb amri bilan bu jinoyatning oldini olişga qaror qildi.
Reja qanday bölsa şunday davom etdi. Faqat ezgulik yölida. Maʼmur Şaxobov ham ogoh etildi. Öz örnida unga grim qilinib "ölik" holdagi surati Ş.Safoyevga körsatildi va u iş yakunidagi pullarni F.Jaliyevga tutqazayotgan vaqtida kölga olindi.
Albatta, Ş.Safoyev vaziyatdan çiqiş, özini oqlaş yulida turli vajlar keltirişi tabiiy edi va şunday böldi ham.
Huquqiy idora vakillari tomonidan F.Jaliyev telefoniga moslaştirilgan ovoz yoziş qurilmasi uning sözlarini inkor etib haqiqiy yuzini, kabix niyatini oçib taşladi. Bundan taşqari guvohlar körsatmalaridan ham uning M.Şaxobovga nisbatan qaraşlarining yaxşi emasligi, garçi sir bermasada alamzadaligini anglaş mumkin.
Fojeaning oldi olinib bir inson hayoti saqlab qolindi. Ammo jinoyat sodir etib bölingandi. Xolbuki özganing hayotiga qasd yoki suiqasd qiliş eng oğir jinoyatlardandir.
Şu maʼnoda muddaoyimiz heç bir jinoyat beiz ketmagani xolda biron bir insonning bu yölga bilib-bilmay kirib umrini havoga sovurmasligi yagona istagimiz ekanligini taʼkidlaşdir.
Omon Arabov,
Oliy sud sudyasi









