Andijonda ayol erini öldiriş uçun 50 ming AQŞ dollariga killer yolladi

Andijonda ayol erini öldiriş uçun 50 ming AQŞ dollariga killer yolladi

Asakada turmuş örtoğini öldiriş uçun odam yollagan ayol qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga köra, şu yilning 9 fevral kuni Asaka tumanidagi «Gumbaz» kafesi oldida ayol O.D. (1984 y.t., tadbirkor) fuqaro A.A. bilan körişib, turmuş örtoği A.Ş.ni (1985 y.t., tadbirkor) öldiriş evaziga 50 ming AQŞ dollari vaʼda qiladi va oldindan 6000 AQŞ dollari beradi.  Maʼlum vaqtdan keyin ayol «kelişuv»  hisobidan  «killer»ga tanişi J.E. orqali  2 juft sariq metaldan yasalgan ayollar bilakuzugi va 1 dona sariq metaldan yasalgan zanjir ham berib yuboradi.

Şu yilning 14 fevral kuni keç soat 22.30 atrofida tegişli organ xodimlari tomonidan maxsus tadbir taşkil etiladi. Unga köra, «yollangan» A.A. va uning tanişi J.E. ayolga «vazifa bajarilganini»  haqida xabar bergaç, tomonlar Asaka şahridagi «Iris» kafesi binosida uçraşişadi. Ayni jarayonda «killer» ayolga eri öldirilganligi aks etgan fotosuratni telefon apparati orqali körsatadi. Öz navbatida ayol «eri gumdon qilingani»ga işonç hosil qilib,  vaʼda qilingan pullar hisobidan tilla taqinçoqlar (ayollar zanjiri, braslet, uzuklar, sirğa) berayotgan paytda qölga olinadi.

Ayni paytda ayol qamoqqa olingan. Unga nisbatan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan  Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×